В ходе исследования было изучено эффективность комплексных методов ультразвуковой диагностики с применением методики эластографии в оценке степени распространенности рака шейки матки (РШМ). На данной статье приведены результаты комплексного ультразвукового обследования с применением эластографии 42 женщин в возрасте 32-73 лет. (средний возраст-52,1 года). Исследование органов малого таза включало в себя трансабдоминальное исследование (В-режим) с последующим трансвагинальным доступом с применением методики компрессионной эластографии.
Ushbu maqolada banklarni raqamli transformatsiya qilishda biometrik texnologiyalar, blokcheyn texnologiyasi, sun’iy intellekt, raqamli kreditlash, regulatory technology va pul o‘tkazmalarining imkoniyatlari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotning natijalari bank xizmatlarini masofadan ko‘rsatish tizimlarini moliyaviy texnologiyalar imkoniyatlari asosida rivojlantirishga xizmat qiladi
Gossypium L. taksonomiyasiga oid so'nggi nashrlarga ko'ra Gossypium L. turkumi G.hirsutum L., G.barbadense L., G.tomentosum Nutt ex Seem., G.mustelinum Miers ex Watt., G.darwinii Watt., G.ekmanianum Wittm va G.stephensii kabi 7 ta allatetraploid turni o'z ichiga oladi [1,] [3], [4], [5], [6].. Tetrapioid turlar orasida G.hirsutum L., G.barbadense L. yengil sanoatni tabiiy tola bilan ta'minlovchi madaniy turlar sifatida soha mutaxassislari tomonidan yaxshi o'rganilgan. Qolgan tetraploidlar haqida esa ilmiy nashrlar nisbatan kam bo'lib, ularning seleksion ahamiyati yetarlicha o'rganilmagan. Jumladan, G.mustelinum turi ham poliploid turlar orasida eng kam o'rganilgan tur bo'lib qolmoqda.
O‘zbek tili o‘zining qadimiy va boy tarixida hech qachon davlat va jamiyatning bugungidek yuksak e’zoz-e’tibori va g‘amxo‘rligiga sazovor bo‘lmagan. Bu “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” dadil qadam qo‘ygan O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning yuksak samaralaridandir.
Ona tilimizning istiqboldagi taraqqiyotiga oid ko‘plab masalalar qatorida, Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha alohida departament, bu yangi tuzilma tashabbusi bilan esa Atamalar komissiyasi tashkil etilganining o‘zi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Andiz (Inula) – qoqidoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tlar turkumi haqida keltirilgan. O’zbekistonda va dunyoda dorivor o’simliklarni biologik faol moddalar tarkibini o’rganishga ham katta e’tibor berilmoqda, chunki inson tanasidagi gormonlar, vitaminlar, aminokislotalar, fermentlar bilan bog’liq bo’lgan optimal miqdori va nisbati fiziologik jarayonlarning normal o’tishini ta’minlaydi va ularning yetishmasligi inson tanasida turli xil patologik jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin